Yordam

Özbek klaviatura — yangi özbek alifbosi uçun iPhone klaviaturasi.

Yangilangan: 2026-yil 20-noyabr.

Yoqiş

Settings → General → Keyboard → Keyboards → Add New Keyboard… → Özbek klaviatura. Yozayotganda globus tugmasini bosib, Özbek klaviaturaga ötasiz.

Yangi harflar

Ilovada Sozlamalar → Klaviatura körinişi böliminda beş xil köriniş bor. Boşlang'içi — «Ikki bosiş»: o + ʼ → ö, g + ʼ → ğ, s + h → ş, c + h → ç. Oddiy sh yoki oʼ kerak bölsa, ikkinçi harfni yana bir marta bosing: s h h → sh.

«Yonma-yon», «Pastki qator», «Yuqori qator» va «Öng çetda» körinişlarida ö, ğ, ş, ç alohida tugmada turadi. Ularda s va h ş ga aylanmaydi, xuddi odatiy klaviaturadagidek.

Har qanday körinişda o, g, s yoki c ni bosib tursangiz, ö, ğ, ş, ç ni tanlaş mumkin.

Full Access

Settings → General → Keyboard → Keyboards → Özbek klaviatura → Allow Full Access. Bu vibratsiya, klik ovozi va ilovada tanlangan sozlamalar (köriniş, söz takliflari) uçun kerak. Klaviatura u bilan ham internetga çiqmaydi. Full Access'siz klaviatura titramaydi va «Ikki bosiş» körinişida işlaydi.

Söz takliflari

Yozayotganda tugmalar ustida özbekça va inglizça sözlar çiqadi. Bittasini bossangiz, söz qöyiladi. Ilovaning sozlamalarida öçiriş mumkin.

Emoji

Pastki qatordagi ʼ yoki vergul tugmasini bosib turing («Yuqori qator» körinişida u yerda smayl tugmasi turadi) yoki 123 sahifasidagi smayl tugmasini bosing. Emojini bosib tursangiz, teri rangini tanlaysiz. Qidiruv ham bor.

Aloqa

Muammo yoki taklif bölsa, yozing: dokondev@gmail.com. Odatda 1–2 kun içida javob beramiz.

Support (English)

Enable it in Settings → General → Keyboard → Keyboards → Add New Keyboard → Özbek klaviatura, then switch to it with the globe key.

The app offers five keyboard layouts (Sozlamalar → Klaviatura körinişi). The default, “Ikki bosiş” (two presses), types the new letters with two keys: o + ʼ (ö), g + ʼ (ğ), s + h (ş), c + h (ç). The other four have ö, ğ, ş and ç keys of their own, and there every key types itself. In every layout, holding o, g, s or c offers ö, ğ, ş, ç.

“Allow Full Access” is used for haptics, key clicks and the settings chosen in the app; without it the keyboard works in the default layout. Hold ʼ or the comma in the bottom row for emoji.

Questions or problems: dokondev@gmail.com.