Qisqasi
Klaviatura va ilova heç qanday shaxsiy maʼlumot yiğmaydi, saqlamaydi va heç kimga bermaydi. Ularda internetga ulanadigan kod yöq: yozganlaringiz telefoningizdan çiqmaydi. Bu iPhone uçun ham, Android uçun ham bir xil.
Nima yozasiz
Bosilgan harflar faqat siz yozayotgan maydonga tuşadi. Klaviatura ularni eslab qolmaydi, jurnalga yozmaydi va yubormaydi. Söz takliflari telefonning özida, klaviatura bilan birga keladigan söz röyxatidan olinadi.
Telefonda nima saqlanadi
Faqat klaviaturaning öz sozlamalari: vibratsiya, tugma ovozi, harf pufakçasi va söz takliflari yoqiq yoki öçiqligi, oxirgi işlatilgan emojilar va tanlangan teri rangi. Ular faqat telefoningizda turadi, ilovani öçirsangiz ular ham öçadi.
iPhone: Full Access
iOS vibratsiya va klik ovozini boşqa klaviaturalarga faqat «Allow Full Access» yoqilganda beradi. Bu ruxsat faqat şular uçun kerak. Klaviatura Full Access'siz ham töliq işlaydi.
Android
Android'da ilova faqat vibratsiya ruxsatini oladi, internet ruxsati umuman yöq. Klaviaturani yoqişda Android har qanday klaviatura uçun «yozganlaringizni yiğişi mumkin» degan ogohlantiriş körsatadi: bu klaviatura bunday qilmaydi. Parol, e-poçta va havola maydonlarida u harflarni özgartirmaydi.
Reklama, analitika, kuzatuv
Yöq. Ilovada reklama, analitika va uçinçi tomon SDK'lari yöq.
Bolalar
Ilova heç kimdan, şu jumladan bolalardan ham, maʼlumot yiğmaydi.
Aloqa
Savollar bölsa: dokondev@gmail.com